Sog‘liqni saqlash vazirligi “Salomatligi sababli xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar va holatlar ro‘yxati” loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Ro‘yxatga ko‘ra, jami 17 ta kasallik va holatda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
Umrov va to‘sh suyagi sinishi;
Yelka kamari sinishi;
Qovurg‘alar sinishi;
Umurtqa pog‘onasining kompression sinishi;
O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich);
Bronxial astma (IV bosqich);
O‘pkaning interstisial zararlanishi;
O‘pkaning bir qismi yoki butuni (chap yoki o‘ng) olib tashlangan holatlar;
Surunkali yurak yetishmovchiligining III va dekompensatsiya bosqichi;
III darajali (morbid) semizlik (BMI ≥ 40);
Past bo‘ylik (nanizm) — 150 sm dan past;
Qo‘l yoki yelka harakatini cheklovchi nevrologik kasalliklar;
Terining ko‘krak qismida joylashgan og‘ir allergik yoki dermatologik kasalliklar (ekzema, psoriaz);
Ko‘krak yoki yelka sohasida protez yoki implantlar mavjudligi;
Ko‘krak qafasi yoki qorin bo‘shlig‘iga o‘tkazilgan ochiq turdagi operatsiyalar;
Stomalar (sun’iy chiqish yo‘li) qo‘yilishi;
Ko‘krak qafasi sohasidagi yirik hosilalar (o‘sma);
Homiladorlik holati.
Hujjat hozircha kuchga kirmagan. Ushbu kasalliklar mavjud bo‘lgan fuqarolarga “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi orqali QR-kodli (shtrixli kod) elektron tibbiy ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma fuqaro biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi tomonidan rasmiylashtiriladi. Tibbiy ma’lumotnomaning amal qilish muddati — 6 oy.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110515 | Инструменты