Mladen Jijovich 44 yoshda edi. U birinchi bo‘lim o‘rtalarida yon chiziq yonida yiqilib hushini yo‘qotgan va shu bilan o‘ziga kelmagan.
Serbiya futbolida og‘ir fojia yuz berdi. Superliganing 14-turida bo‘lib o‘tgan «Mladost Luchani» hamda Kraguyevaslik «Radnichki 1923» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv davomida mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi, bosniyalik mutaxassis Mladen Jijovich hayotdan ko‘z yumdi. U atigi 44 yoshda edi.
Voqea birinchi bo‘lim o‘rtalarida sodir bo‘lgan: Jijovich yon chiziq bo‘yida turganida kutilmaganda yerga quladi. O‘sha paytda uning jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba bilan ketayotgan edi. Tibbiyot xodimlari darhol yordam ko‘rsatishga kirishishdi, murabbiy esa tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketildi. Afsuski, yo‘lda uning hayoti saqlab qolib bo‘lmadi.
Murabbiy olib ketilgach, o‘yin davom ettirildi, biroq 41-daqiqada to‘xtatildi, chunki futbolchilar va klublar xodimlari karaxt ahvolda edi.Bu vaqtda stadionga murabbiyning vafoti haqida xabar yetib kelgandi. Ayrim futbolchilar dahshatga tushib, boshini changallab qolgan.
Novosti.rs nashrining yozishicha, murabbiy o‘yin kuni o‘zini yomon his qilganini, ko‘ngli aynayotganini aytgan, ammo bunga jiddiy e’tibor berilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, u stadionning o‘zidayoq hayotdan. Shifokorlar hali aniq sababni ma’lum qilmagan, ammo dastlabki taxminlarga ko‘ra, Jijovich yurak xuruji tufayli vafot etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110502 | Инструменты