Huawei 1
O‘zbekiston Bagama Orollari Hamdo‘stligi bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

O‘zbekiston Markaziy Amerikadagi Bagama Orollari Hamdo‘stligi bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma kommyunike Tashqi ishlar vazirlari – Baxtiyor Saidov va Frederik Mitchel tomonidan imzolandi.

“Mamlakatlarimiz orasidagi masofa uzoq bo‘lishiga qaramay samarali aloqalarni o‘rnatish uchun ko‘plab muhim imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladik”, deya yozgan Saidov.

Shu tariqa O‘zbekiston diplomatik aloqa o‘rnatgan davlatlar soni 156 taga yetdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92816 | Инструменты