Huawei 1
O‘zbekiston gender tenglikni taʼminlash yo‘nalishida Belgiya bilan hamkorlik olib boradi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkka amaliy tashrifi davomida Belgiya Gender tenglik, teng imkoniyatlar va xilma-xillik bo‘yicha Davlat kotibi Mari-Kollin Leroy bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, ayollarning ixtisoslashgan tashkilotlari orqali o‘zaro hamkorlikni faollashtirish masalalari muzokaraning asosini tashkil etdi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish, bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikrlashib oldilar.

Mari-Kollin Leroy O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

Senat Raisi Mari-Kollin Leroyni joriy yilda O'zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo xotin-qizlar forumiga taklif qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61002 | Инструменты