Huawei 1
O‘zbekiston Isroilning Falastin hududlariga qurib olgan turar-joylarini noqonuniy deb tan olishga ovoz berdi

BMT Isroilning Falastin hududlariga, jumladan Quddus va Golan tepaliklariga qurib olgan turar-joylarini noqonuniy deb e’lon qilishga ovoz berdi. 145 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston uni qo‘llab-quvvatladi.

Rezolyutsiyaga 7 davlat: AQSH, Kanada, Isroil, Vengriya, Mikroneziya, Marshall orollari va Nauru qarshi chiqdi. 

18 davlat betaraf qoldi, yana 21 davlat ovoz bermadi. 

BMT “Isroilning noqonuniy xatti-harakatlari va chora-tadbirlari oqibatida bosib olingan Falastin hududida, jumladan, Sharqiy Quddusdagi og‘ir vaziyatdan chuqur tashvish bildiradi va zudlik bilan Isroilning barcha noqonuniy aholi punktlari va devor qurilishini to‘xtatish, G‘azo sektori blokadasini bekor qilish, tinch aholiga qarshi haddan tashqari va beg‘araz kuch ishlatish va harbiy amaliyotlarni butunlay to‘xtatish, ko‘chmanchilarning zo‘ravonligi, muqaddas qadamjolarga qarshi provokatsiya va da’vatlar, mol-mulkni yo‘q qilish va musodara qilish, tinch aholini majburan ko‘chirish, minglab tinch aholini hibsga olish yoki qamoqqa olish va Falastin tinch aholisiga qarshi barcha jamoaviy jazo choralarini to‘xtatishga chaqiradi”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122314 | Инструменты