Huawei 1
O‘zbekiston Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan qo‘shma kommyunike imzoladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kabo-Verde tashqi ishlar, hamkorlik va mintaqaviy integratsiya vaziri doktor Ruy Alberto de Figeyredo Soaresh va Seyshel orollari tashqi ishlar va turizm vaziri Silvestr Radegond janoblari bilan uchrashdi.

Baxtiyor Saidovning Telegram-kanalida yozishicha, O‘zbekiston mazkur ikki mamlakat bilan qo‘shma kommyunike imzolagan.

"Istiqbolli hamkorlikning muhim yo‘nalishlari, ayniqsa, xalq diplomatiyasi va sayyohlik almashinuvini rivojlantirishda ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladik", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92413 | Инструменты