Huawei 1
Yaroqsiz vagonlarni metallini yig‘ishgan xodimlarga pul berilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ga qarashli “Yo‘lovchi vagonlarni reysga texnik va texnologik tayyorlash filiali”da qora metallga topshirilgan metall pul mablag‘lari hisobi haqida xabarlarga izoh berdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yaroqsiz vagonlarni qora va rangli metallini yig‘ish va topshirishda ishtirok etgan xodimlarga mukofot puli berilishi Nizomda belgilangan.

"Mazkur Nizomga muvofiq, xodimlarga mukofot pullari o‘rnatilgan tartibga asosan korxonaning moliyaviy holatidan kelib chiqib berilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, xodimlardan mukofot puli va maoshni adashtirmasliklarini so’raymiz. Oylik maoshlar “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xodimlariga har doim o‘z vaqtida berib kelinmoqda", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92415 | Инструменты