Huawei 1
O‘zbekistonda Koreya texnologiyasi asosida zamonaviy issiqxonalar quriladi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi  mas’ullari Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi rahbari, janob Xyo Jae Chang bilan uchrashdi.

Unda  hamkorlikda olib borilayotgan “O‘zbekistonda aqlli fermer sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida amalga oshayotgan va kelgusida  bajariladigan  ishlar yuzasidan  fikr almashildi.

Muloqot  davomida ushbu loyihada mamlakatning 5 ta viloyatida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida zamonaviy issiqxonalar barpo etish va aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish  belgilangani ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, Toshkent va Samarqand viloyatlarida bunday issiqxonalar qurib bitkazilgan bo‘lib, hozirgi kunda Buxoro, Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida issiqxonalar barpo qilish uchun jihozlar tranzit holatida ekanligi qayd etildi.

Binobarin, Koreya aqlli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha professor-ekspertlar tomonidan respublikada mutaxassislar tayyorlanishi uchun xodim biriktirilishi hamda  mazkur loyiha samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92415 | Инструменты