Huawei 1
9 oyda 14,6 mingta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan

2024-yil yanvar-avgust oylari davomida 14,6 mingta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (553,2 ming) 2,6 %ni tashkil etadi.

Ushbu tekshiruvlar natijasida 8 712,5 mrld soʻm tafovutlar aniqlangan hamda soliq to’lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan.

Asosan quyidagi soliq turlari bo‘yicha tafovutlar aniqlangan:

  • QQS – 4 207,5 mrld soʻm;
  • foyda soligʻi – 3 887,2 mrld soʻm;
  • JShODS – 293 mlrd soʻm;
  • Aksiz solig‘i – 101,2 mlrd soʻm;
  • boshqa soliqlar va yig‘imlar – 223,5 mlrd soʻm.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:

  • umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko’rsatish – 4 980,5 mrld soʻm;
  • qurilish – 1 513,5 mrld soʻm;
  • ishlab chiqarish – 1 463,7 mrld soʻm;
  • transport - 318,3 mlrd soʻm;
  • qishloq xo‘jaligi - 251,7 mlrd so‘m;
  • boshqa sohalar - 211,8 mlrd so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92415 | Инструменты