Qozog’iston prezidentining O’zbekistonga davlat tashrifidan oldin ikki davlat biznes doiralari vakillari hamda hukumat vakillari ishtirokidagi biznes forum bo’lib o’tdi.
Ushbu biznes-forum yakunlari bo‘yicha Samarqand va Turkiston shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida shartnoma, qishloq xo‘jaligi sohasidagi konkret investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini ko‘zda tutuvchi "Yo‘l xaritasi" tuzildi. Shuningdek, umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo‘lgan O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish rejalarini jamlagan kelishuvlarning mustahkam to‘plami imzolandi.
Quyida eng yirik kelishuvlar keltirilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va agrosanoat kompleksi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik dasturi (1 317,9 mln. dollar);
- "Chevrolet" rusumli avtomashinalar komplektlari va butlovchi qismlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv (500 million dollar);
- Chimkent shahrida to‘qimachilik majmuasini qurish loyihasi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi (loyiha qiymati 98 million dollar);
- "Angren-Pop-Qo‘qon-Andijon-Savay" temir yo‘l uchastkasida signalizasiya va aloqa tizimini modernizatsiya qilish (76,4 mln. dollar);
- O‘zbekistonda multimodal transport-logistika markazini qurish bo‘yicha hamkorlik memorandumi (70 mln. dollar);
- "Artel" maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha lisenziya shartnomasi (55 mln. dollar);
- Qozog‘istonda kichik hajmdagi yig‘ish usuli bo‘yicha "Chevrolet» avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv (50 mln. AQSH dollari);
- Ostonada keramik plitkalar ishlab chiqarish bo‘yicha investisiya loyihasini boshlash to‘g‘risidagi kelishuv (40 mln dollar) va boshqalar.
Shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv Memorandumi, energetika sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum va Samarqand va Turkiston shahar hokimklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11603 | Инструменты