Huawei 1
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Belgiya elchisidan ishonch yorligʻini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiyaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlangan Anri Vantigemdan ishonch yorligʻini qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati maʼlum qildi.

Muloqot chogʻida ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga oʻzaro tayyorlik qayd etildi. Oʻzbekiston va Belgiya kompaniyalari oʻrtasida yaqin aloqa oʻrnatish va oʻzaro saʼy-harakatni jadallashtirish zarurligi maʼqullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111302 | Инструменты