Huawei 1
Ilhom Aliyev Boku sammitini boykot qilishga chaqirganlarga javob qaytardi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda 12-noyabr kuni boshlangan COP29 sammitidagi nutqida dunyoda kuzatilayotgan ikkiyuzlamachilik siyosati va feyk yangiliklarni tanqid qildi.

Unga ko‘ra, Ozarbayjon COP29 sammitini o‘tkazish uchun mezbon davlat sifatida tanlanishi bilan mamlakat puxta tashkillashtirilgan tuhmat kampaniyasiga nishon bo‘lgan.

«Bir yildan beri boykotni targ‘ib-tashviq qilayotgan doiralarga yuzlanmoqchiman. Ular Boku mezbonligidagi COP29 sammitini boykot qilish kampaniyasi uchun barcha vositalarni ishga soldilar. Ularni xafa qiladigan yangilik aytsam: (Boku anjumanida qatnashish uchun) 196 mamlakatdan 72 ming ishtirokchini ro‘yxatga oldik. Ular orasida 80 nafar prezidentlar, vitse-prezidentlar va bosh vazirlar bor. Shu tariqa butun dunyo Bokuda jam bo‘ldi», – dedi Ozarbayjon prezidenti.   

I.Aliyev o‘z chiqishida Ozarbayjon COP29 raisi sifatida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar, Global Janub va Global Shimol o‘rtasida murosai madora o‘rnatishga harakat qilayotganini ham qayd etgan.

BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida global iqlim majburiyatlariga kelishish kabi sayyoramiz kelajagiga doir muhim masalalar muhokama etilmoqa.

Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qatnashmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111406 | Инструменты