Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan Kitob tumanidagi muassasadan 47 nafar xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjatlari Byuroning Kitob tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yurtishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga ma’lum qilingan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor ijro hujjati talablarini bajarishi to‘g‘risida ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdorlik bartaraf emtilmaganligi tufayli, bo‘lim xodimlari tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishildi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor tashkilot rahbarining xizmat avtomashinasi xatlab olinib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Kelgusida qarzdorlik belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, undiruv mazkur avtotransport vositasiga qaratiladi.
Hozirda xatlangan mulkni realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111406 | Инструменты