O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Bler bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Toni Bler rahbarlik qilayotgan Global o‘zgarishlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Sobiq bosh vazir Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va ortga qaytmas islohotlar dasturini yuksak baholab, ularni amalga oshirishda ekspert-maslahat ko‘magini taklif etishga tayyorligini bildirdi.
Institut bilan birgalikda transport yo‘laklarini rivojlantirish, yangi bozorlarga chiqish, xalqaro to‘lov tizimlarini joriy etish, investitsiya siyosati samaradorligini oshirish va boshqa sohalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.
Sheriklikning aniq yo‘nalishlarini belgilab olish uchun tegishli idoralar ekspertlari darajasida qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112807 | Инструменты