Shavkat Mirziyoyev Jahon iqlim poytaxtlari alyansini tashkil etishni taklif qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi.
Orolbo‘yida Climate Expo ko‘rgazmasi va “Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-xabi tashkil etiladi
Prezidentining “Orolbo‘yi mintaqasida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda ekologik innovatsiyalar va iqlim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror loyihasi tayyorlandi.
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida haydovchilik guvohnomalari o‘zaro tan olinishi to‘g‘risidagi bitim 2023 yilda imzolangan.
Toshkentda korxonalarning qattiq yoqilg‘idan foydalanishini tekshirish bo‘yicha reyd o‘tkazilmoqda
Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Furqat Mahmudxo‘jayev Yunusobod tumanidan o‘tuvchi Toshkent avtomobil halqa yo‘li hududida havo sifati sezilarli darajada yomonlashganini ma’lum qildi.
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati shakllantirildi
Mazkur ro‘yxatdagi davlat organlari va tashkilotlari o‘z tizimida qonun tatbiq etiladigan tashkilot, muassasa va aksiyadorlik jamiyatlari, shu jumladan, davlat xaridlari sohasidagi munosabatlariga tatbiq etiladigan yuridik shaxslarning ro‘yxati shakllantirildi.
"Maʼnaviyat ekspertizasi" loyihasi media mahsulotlarga senzura qo‘ymaydi
"Maʼnaviyat ekspertizasi" loyihasi media mahsulotlarga senzura qo‘ymaydi. Ekspertlarning faoliyati media kontent ishlab chiquvchilar, ijodiy guruhlar va badiiy kengashlar uchun tavsiyaviy takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi", - deyiladi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xabarida.
O‘zbekistonda oktyabr oyida ommabop avtomobillar narxlari biroz pasaydi
2024-yilning oktyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida Lacetti, Damas, Labo narxlari pasayishda davom etdi. Spark’ning o‘rtacha narxi biroz ko‘tarilgan bo‘lsa, Cobalt va Nexia narxlarida deyarli o‘zgarish kuzatilmadi.
DXX: Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim ushlandi
Davlat organlarida korrupsion holatlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Kommunal to‘lovlarni undirish tartibi o‘zgarmoqda
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan qarzdor isteʼmolchilardan kommunal to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirish kiritilmoqda.
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
Memorandum – terrorizm va uni moliyalashtirish, noqonuniy daromadlarni legallashtirish, ayniqsa uyushgan jinoyatchilikka doir jinoyatlarning surishtiruvlari borasida hamkorlik qilishga qaratilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111407 | Инструменты