Huawei 1
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan bayonot berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston qardosh Qozog‘istondagi so‘nggi voqealardan xavotirda va mamlakatdagi vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda.

"Ishonchimiz komil, donishmand Qozog‘iston xalqi mamlakatda beqarorlik avj olishining oldini olishga, zo‘ravonlik va insonlar orasida qurbonlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikning uddasidan chiqadi. Qozog‘iston xalqi o‘zaro hamjihatlikni saqlash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash hamda yuzaga kelgan muammolarni o‘zi mustaqil hal qilish uchun yetarli qat’iyat va irodaga egaligiga ishonamiz. O‘zbekiston Qozog‘iston xalqi va rahbariyatining mamlakat barqarorligi hamda ravnaqi, millat farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlarini cheksiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlaydi", - deyiladi bayonotda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102002 | Инструменты