Modernizatsiya qilingan postlar chegaradan o‘tuvchi fuqarolar va transport vositalari uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasida joylashgan “G‘ishtko‘prik” va “Jibek joli” chegara bojxona postlarining ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Qozog‘iston moliya vaziri Madi Takiyev, ikki davlat bojxona organlari rahbarlari hamda boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

Ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida bojxona postlarining ochilishi munosabati bilan ramziy lenta kesildi.

Qayd etilishicha, mazkur loyihalar ikki davlat prezidentlarining tashabbusi asosida amalga oshirilgan.
Bojxona qo‘mitasiga ko‘ra, chegara infratuzilmasining modernizatsiya qilinishi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, turistik va madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112515 | Инструменты