Huawei 1
O‘zbekistonda sobiq uran konlarini rekultivatsiya qilish muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligi ta'kidlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi delegatsiyasi London shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo uchun Ekologik reabilitatsiya hisobi (ERH) Assambleyasining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi. Uchrashuvda ERH, Yevropa komissiyasi, Xalqaro atom energiyasi agentligi, EXHT, BMTTD, Q‘irgiz, Tojikiston Respublikasi vakillari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda asosiy e'tibor donor va benefitsiar mamlakatlarda erishilgan yutuqlarga qaratildi. Xususan, Ekologiya vazirligi tomonidan Yangiobod obyektida olib borilayotgan ishlar, Chorkesar-2 obyektida rekultivatsiya ishlari yakunlanganligi hamda respublikada mavjud barcha sobiq uran konlari obyektlarini rekultivatsiya qilish, boshqarish va nazorat qilish uchun mas’ul tashkilot (operator) tayinlash yuzasidan tegishli maʼlumotlar berildi. 

Shu bilan birga, hozirgi kunda Parkent tumanida joylashgan Krasnogorsk uran koni obyektida rekultivatsiya ishlarini amalga oshirish dolzarb masala bo‘lib turgani ta'kidlandi. Qolaversa, ERH doirasida erishilgan yutuqlar va kelgusi yil uchun maqsadlar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi ERH doirasida ishlarni tashkil etish bo'yicha mas'ul davlat organi etib belgilangan. Ekologiya vazirligi va YETTB o'rtasida "Yangiobod va Chorkesar-2 uran koni obyektlarini rekultivatsiya qilish" Grant bitimi imzolangan. Chorkesar-2 obyektida rekultivatsiya ishlari yakunlanib, Yangiobod obektida rekultivatsiya qilish ishlari 2025-yil apel oyida yakunlanishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12212 | Инструменты