Huawei 1
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasining mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi mumkin

27-may kuni Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Yashil iqlim jamg‘armasi ijrochi direktori Mafalda Duarte bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mafalda Duarte O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizdagi barcha sohalar barqaror rivojlanayotganini eʼtirof etdi.

Shu bilan birga, Yashil iqlim jamg‘armasi ijrochi direktori “yashil” moliyalashtirishni rivojlantirish, iqlimga moslashish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha islohotlarni qamrab oluvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan muayyan maqsadlar boshqa davlatlar uchun ham ahamiyatga molik ekanini bildirib, mamlakatimizda iqlim o‘zgarishi tahdidlarining xavf-xatarlari to‘g‘ri talqin qilinayotgani va ilmiy tadqiqotlar asosida tegishli zarur choralar ko‘rilayotganini yuqori baholadi.

Uchrashuvda iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, mamlakatimizda Yashil iqlim jamg‘armasining mintaqaviy vakolatxonasini ochish, Jamg‘arma bilan birgalikda innovatsion ko‘kalamzorlashtirish va yerlarni barqaror boshqarish loyihalarini ishlab chiqish hamda Orolbo‘yida ijtimoiy-ekologik vaziyatni yaxshilash, jamg‘armaning moliyaviy resurslaridan unumli foydalanish, “Green” universiteti bilan qo‘shma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish singari masalalar ham muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53022 | Инструменты