Huawei 1
O'zbekiston elchisi Shvetsiya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov 4-dekabr kuni Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirdi

Rasmiy marosimdan so'ng bo'lib o'tgan suhbat chog'ida O'zbekiston va Shvetsiya o'rtasida turli yo'nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o'rtasida o'zaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ishbilarmonlar o'rtasida muloqotni rag'batlantirish, iqlim o'zgarishlariga moslashish va "yashil" iqtisodiyot, fan va ta'lim, sog'liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari alohida urg'ulandi. 

Eslatib o'tamiz, Elchi Rahmatulla Nurimbetov 15-oktabr kuni Shvetsiya poytaxtiga tashrif buyurgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12213 | Инструменты