Huawei 1
O'zbekistonda 2025-yildan mansabdor shaxslarni lavozimga tayinlashda yangicha amaliyot joriy etiladi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi "Davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishiga rioya etilayotganini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishiga rioya etilayotganini reyting asosida baholovchi Inson huquq va erkinliklari indeksi joriy etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab mansabdor shaxslarni lavozimga tayinlash (saylash), xizmat bo‘yicha lavozimini ko‘tarish yoki tushirishda, maxsus unvonlar berishda Inson huquq va erkinliklari indeksi natijalarini inobatga olish amaliyoti joriy etiladi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:

— Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi Inson huquq va erkinliklari indeksini aniqlashda ishtirok etuvchi mas’ul idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

— Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi davlat organlari bilan birgalikda Inson huquq va erkinliklari indeksida past natijalarga ega bo‘lgan sub’yektlarni aniqlaydi, tegishli indikatorlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni tahlil qiladi va ularning sabablarini o‘rganadi;

— davlat organlari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirish choralarini ko‘radi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi “Ijtimoiy fikr” markazi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:

a) Inson huquq va erkinliklari indeksini aniqlash bo‘yicha aholi va soha mutaxassislari o‘rtasida tizim orqali o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish dasturi va baholash mezonlarini hisoblash metodologiyasini tasdiqlaydi;

b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024 yil 1 iyulga qadar Tizimning ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini ta’minlaydi;

g) O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi va Oliy Majlis palatalariga Inson huquq va erkinliklari indeksini aniqlash jarayonidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritib boradi.

Davlat organlari nomzodlarni lavozimga tayinlash, xizmat bo‘yicha lavozimini ko‘tarish yoki tushirishda, maxsus unvonlar berishda Inson huquq va erkinliklari indeksi natijalarini inobatga olish nazarda tutuvchi o‘z ichki tartiblarini ishlab chiqib, joriy qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты