Kecha, 4-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida Kengash vakolatiga oid qator masalalar bilan ayrim sudyalarni vakolati muddati davriga qayta tayinlash ham muhokama qilindi.
Sudyalar oliy kengashining qaroriga ko'ra, muqobillik va ochiq tanlov shaklida o‘tgan tayinlov yakunlariga ko‘ra, quyidagi sudyalarning ish joyi o‘zgaradigan bo‘ldi:
1. Mannatov Odil Farxodovich – 5 yil muddatiga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
2. Qoraboyev Ibrohim Anarboyevich – Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Guliston shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
3. Xudayberdiyev Farhod Farmanovich – Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Urgut tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
4. Negmatov Gayratjon Fazliddinovich – 5 yil muddatga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Bulung‘ur tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
5. Hamroqulov Suxrob Qurbonovich – Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Urganch shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
6. Tojiyev Utkir Usanovich – 5 yil muddatga Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
7. Xakimov Xanjar Ziyadillayevich – Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
8. Rustamov Zoir Amanovich – Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Denov tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
9. Tojiyev Zokirjon Xolboyevich – 5 yil muddatga Surxondaryo viloyati Denov tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
10. Mashkurov Gʻayrat Abdujalilovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
11. Muxammedov Xolis Muxlisovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51117 | Инструменты