Huawei 1
Prezident akademik Tohir Oripovni unvon bilan taqdirladi

Oripov Tohir Fatixovichga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvonini berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e'lon qilindi

Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyatini yuksaltirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, xususan, biofizika yo‘nalishidagi fundamental tadqiqotlari bilan ko‘plab muhim ixtirolar, ilg‘or innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qo‘shgan katta hissasi, iqtidorli yosh olimlarni tayyorlash, navqiron avlodni Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 80-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik Aripov Taxir Fatixovichga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni berilsin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90614 | Инструменты