Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
Buxoroga xorijdan 5 million turist kelishi uchun katta zamin hozirlanmoqda. Lekin, viloyatdagi 30 ta tarixiy yodgorlikka eʼtibor sustligi uchun ularga sayyohlar bormayapti.
Shu munosabat bilan Imom al-Buxoriy, Abbos Aliyev va Muxtor Ashrafiy obidalariga tutash hududlar, dehqon bozori va ming yillik tarixga ega Buxoro darvozasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, istirohat bog‘i va sunʼiy ko‘lni jozibador turizm majmuasiga aylantirish muhimligi taʼkidlandi.
“Chor Minor” va “Isteza” madrasalari, “Samarqand” va “Darvozai Salloxona” darvozalari, “Masjidi Kalon” kabi obyektlarni drenaj tizimini taʼmirlashga 35 milliard so‘m ajratiladi.
Buxoro aeroporti turistlar oqimini 2 barobar oshirish rejasi uchun kichiklik qilmoqda. Kecha Buxoro tumanida hozirgidan 3 barobar ko‘p quvvatga ega 226 million dollarlik yangi zamonaviy xalqaro aeroport qurilishiga start berildi. Bu yerda haftasiga 100 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident yig‘ilish aynan G‘ijduvonda bo‘layotgani bejiz emasligini taʼkidladi.
So‘nggi yillarda tuman sanoati 2 karra o‘sib, 2 trillion so‘mdan oshdi, viloyatdagi ulushi esa to‘rtinchi o‘rindan uchinchiga ko‘tarildi.
Shu vaqt ichida 2 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshlab, 2010-2016 yillarga qaraganda 4 barobar o‘sgan.
Shu bilan birga, G‘ijduvonga investitsiya kiritish, sanoatda yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratishdagi eng katta muammo, bu – elektr taʼminoti va temir yo‘l infratuzilmasi.
G‘ijduvon iqtisodiy zonasida bu masalalar hal qilinsa, tadbirkorlar 340 million dollarlik 100 ta loyihani boshlab, 10 ming aholini ishli qilmoqchi.
Mutasaddilarga “Navoiy-Xorazm” yo‘nalishida qurilishi yakunlanmagan shoxobcha temir yo‘lini G‘ijduvongacha olib kelish topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50721 | Инструменты