Prezident Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo'ydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo'ydi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining yigirma to'qqiz yillik bayrami munosabati bilan yig'ilganlarni tabrikladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham monument poyiga gullar qo'ydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42803 | Инструменты