Prezident Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York shahriga tashrifi dasturida bugun, 18-sentyabr kuni bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma'lum qilishicha, davlat rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, "Air Products" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92802 | Инструменты