Huawei 1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi teraktni qoraladi va jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-mart kuni Moskva viloyatidagi «Crocus City Hall» konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakatini keskin qoraladi.

Davlat rahbari fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’ziya maktubini yo‘lladi.

Maktubda O‘zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qat’iy qoralashi bildirilgan.

Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga