Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste'foga chiqdi

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste'foga chishini ma'lum qildi. Bu haqida u bugun qirg‘iz xalqiga qilgan murojaatida aytib o‘tgan.

"Men hokimiyatga tirmashib olmayman. Men Qirg'iziston tarixida o'z fuqarolariga o'q uzib, ularning qonini to‘kkan Prezident sifatida qolishni istamayman.

Shuning uchun men iste'foga chiqishga qaror qildim.

Men Japarov va boshqa siyosatchilarni o'z tarafdorlarini mamlakat poytaxtidan olib chiqib, Bishkek aholisini tinch hayotni qaytarishga chaqiraman.

Hech bir hokimiyat mamlakatimizning yaxlitligi va jamiyatdagi totuvligiga raxna solishga arzimaydi.

Parvardigor barchamizni asrasin, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bo'lsin!", - dedi Jeenbekov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62407 | Инструменты