Huawei 1
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya prezidenti Administratsiyasi rahbari Anton Vayno bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya prezidenti Administratsiyasi rahbari Anton Vayno bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o'z Telegram sahifasida ma'lum qildi

"Bugun Rossiya tomonining taklifiga binoan Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Anton Vayno bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yuqori sur’atda rivojlanib borayotgan va aniq natijalar berayotgan O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Kelishuvlar ijrosini monitoring qilish bo‘yicha yaratilayotgan mexanizm davlatlarimiz rahbarlari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni hal etish borasida Prezident Administratsiyalari o‘rtasida hamkorlikning samarali vositasiga aylanishiga ishonch bildirildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, innovatsion loyihalar va mintaqalararo aloqalar atroflicha muhokama qilindi.

Gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va mehnat migratsiyasi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yaqindan muvofiqlashtirish va birgalikda ishlash muhimligi ta’kidlandi", deya yozgan Prezident yordamchisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53103 | Инструменты