Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi.
Muloqot davomida joriy yilning aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" sammitiga ko‘rilayotgan ikki tomonlama tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
"Janob Klaar ayollarning huquqiy himoyasi va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi", deydi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, Toyvo Klaar O‘zbekiston o‘zining boy tarixini asrab-avaylashini e’tirof etib, bu doimo g‘urur va milliy o‘zlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12219 | Инструменты