Toshkent viloyatida avval ayolini, so'ng 3 yoshli qizini zo'rlab o'ldirgan 28 yoshli erkak umrnod qamaldi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida avval ayolini so'ng o'z qiziga jinsiy zo'ravonlik qilib uni o'ldirgan erkakka umrbodga qamaldi. Bu haqda Millar dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi H.Q. shu yil 7 iyun kuni tongda mast holatda turmush o‘rtog‘i yashab kelgan xonadonga borgan. Uy eshigini o‘zida bo‘lgan kalit bilan ochib, ichkariga kirgan.

Erkak 24 yoshli turmush o‘rtog‘ini rashk tufayli o‘ldirishni maqsad qilgan. U shu kuni soat 7:30 larda xonadon mehmonxonasida turmush o‘rtog‘ining boshiga urib, bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Janjal ovozidan uyg‘ongan, 2023 yilda tug‘ilgan qizaloq ham otasining zo‘ravonligiga duch kelgan. H.Q. qizini ko‘rib, uni xonadon yotoqxonasiga olib kirgan. So‘ngra qizaloqqa zo‘rlik ishlatgan holda o‘z jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirgan.

Shundan keyin H.Q. jinoyatni yashirish maqsadida qizaloqning murdasini qora rangli sport sumkasiga joylab, otasi yashab kelgan uyga olib borgan hamda hojatxonaga tashlab yuborgan. Sudlanuvchi aybiga iqror bo‘lmagan. 

“Qizim bo‘lgan, farzandim bo‘lgan. Qanday men qilgan bo‘lishim mumkin? Farzandlarimni, oilamni yaxshi ko‘rganman”, degan u.

Erkak ayblovlarni inkor qilsa-da, ish materiallari, guvohlar ko‘rsatmalari va ashyoviy dalillar jinoyatda uning qo‘li borligini ko‘rsatgan.

JIB Yangiyo‘l shahar sudi H.Q.ni turmush o‘rtog‘i va qizining o‘limida aybli deb topgan. Sud hukmi bilan unga uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Avvalroq Gʻuzorda ayol va uning 4 bolasini yoqib yuborgan erkak umrbodga qamalgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110609 | Инструменты