O'zgidromet 6-8-noyabr kunlariga ob-havo prognozlarini e'lon qildi. Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar ko'tarilishi mumkin.
O'zgidromet 6-8-noyabr kunlariga ob-havo prognozlarini e'lon qildi. Unga ko'ra, bugun kunduzi havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat shimoliy hududlarda va kunning ikkinchi yarmida esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati 6-8 noyabr kunlari asosan 14-17 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari esa havo 25-27 daraja iliqqqacha, janubiy hududlarda 30 daraja iliqqacha isiydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 va 8 noyabr kunlari ba’zi joylarda 13-8 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida ba’zi joylarda yomgʻir yogʻadi, 6 noyabrda ayrim joylarda kuchli boʻladi, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin.
Toshkentda 6 noyabrda kechqurun yomgʻir yogʻishi mumkin, 7-8 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 13-15 daraja iliq, kunduz kunlari 24-27 daraja iliq atrofida boʻladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110612 | Инструменты