Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev "Action Group Holdings" kompaniyasi rahbari Shayx Muborak as-Saboh bilan uchrashdi

Rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvayt shahrida "Action Group Holdings" kompaniyasi rahbari Shayx Muborak as-Sabohni qabul qildi.

1998-yilda tashkil etilgan xolding faoliyati ko‘chmas mulk, neft sanoati, axborot texnologiyalari, logistika, qurilish, ta’lim, konsalting va savdo sohalarini qamrab oladi.

Davlatimiz rahbari "Action Group Holdings" kompaniyasining O‘zbekistonda gidroelektr stansiyalari va ijtimoiy uy-joylar qurish, mineral resurslarni qayta ishlash bo‘yicha rejalarini ma’qulladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22018 | Инструменты