Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev "Al Imtiaz Investment Group" kompaniyasi ijrochi direktori bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi ishbilarmonlik dasturi davomida "Al Imtiaz Investment Group" kompaniyasi boshqaruvi a’zosi va ijrochi direktori Fuzi Xolid bin Essa bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Al Imtiaz Investment Group" guruhi 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, aktivlarni boshqarish, ko‘chmas mulk, sog‘liqni saqlash, sanoat va moliya sohalariga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan.

Kuvayt kompaniyasining oziq-ovqat yetishtirish, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, ko‘chmas mulk obyektlarini qurish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31414 | Инструменты