Huawei 1
Nukusda propan olib ketayotgan MAN ag‘darilib ketdi

Bugun, 14-mart kuni soat 03:05 da Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri M. Nurmuhammedov ko‘chasida "MAN" rusumli propran gaz tashuvchi yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus-texnika va qutqaruv anjomlari yordamida tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatning oldi olingan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va tan-jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Angrendagi ko‘mir konida «BelAZ» ag‘darilib ketishi oqibatida haydovchi halok bo'lgani haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31419 | Инструменты