Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 25—26-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan MDH va YOII sammitlarida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.
O‘zbekiston prezidenti Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.
Sammitlar kun tartibidan mazkur ko‘p tomonlama birlashmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan. Birgalikda qilingan ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122500 | Инструменты