Ayvonlar Vashingtondagi tarixiy West Potomac Park hududida oʻrnatildi. Ular Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik ramzi boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan prezident Donald Tramp va Amerika xalqiga taqdim etilgan an’anaviy oʻzbek ayvonlari Vashingtonda oʻrnatildi. Bu haqda Oʻzbekistonning AQShdagi Favqulodda va muxtor elchisi Furqat Sidiqov xabar berdi.
Marosim tarixiy West Potomac Park hududida boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston tomoni ushbu sovgʻani Amerika xalqi nomidan qabul qilgani uchun Donald Trampga minnatdorlik bildirgan.

Taqdimot vaqtida prezident Trampning vertolyoti bogʻ uzra parvoz qilgan. Bu holat tarixiy voqeaga oʻziga xos ramziy ma’no bagʻishlagani ta’kidlangan.
Ma’lum qilinishicha, oʻzbek milliy me’morchiligi va hunarmandchiligi namunalari boʻlgan ayvonlar mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik ramziga aylanishi kutilmoqda.

Shuningdek, ular dunyoning turli burchaklaridan keladigan sayyohlar uchun oʻzbek madaniyati va san’ati bilan tanishish maskani, AQShdagi oʻzbek diasporasi uchun esa milliy an’analarni asrab-avaylash va madaniy tadbirlar oʻtkazish joyi boʻlib xizmat qilishi rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111710 | Инструменты