Shavkat Mirziyoyev: "Hech bir mamlakat yolg‘iz holda global xavf-xatarlarni chetlab o‘tish yoki bartaraf etishga qodir emas"

Bugun, 12-sentabr kuni O'zbekiston va qator yetakchi xorijiy davlatlarning nufuzli gazetalarida va internet-nashrlarida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitiga bag‘ishlangan dasturiy ahamiyatga ega, konseptual maqolasi e'lon qilingani haqida xabar qilgan edik.

Shavkat Mirziyoyevning ushbu maqolada global muammolarni hal etish masalasiga to‘xtaldi.

"Bugun biz yashayotgan, jarayonlar o‘zaro chambarchas bog‘langan dunyoda xavfli muammolar girdobidan chiqishning yakkayu yagona yo‘li – konstruktiv muloqot va har bir tarafning manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan ko‘p tomonlama hamkorlikdir.

Aynan inqiroz va bo‘hronlar davrida mamlakatlar, ular xoh katta, o‘rta yoki kichik bo‘lsin, o‘zlarining tor doiradagi manfaatlarini ustun qo‘ymasdan, aksincha, asosiy e’tiborni global hamjihatlikka qaratishlari lozim.

Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga xavf tug‘dirayotgan, har qaysi mamlakatga rahna soladigan tahdid va xatarlarga qarshi umumiy sa’y-harakat va imkoniyatlarni birlashtirish va safarbar etish barchamiz uchun birdek manfaatlidir", – deya qayd etdi davlat rahbari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70514 | Инструменты