Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turizm markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekdi

Bugun, 15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin sermahsul muzokaralardan so‘ng Samarqanddagi "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turizm markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekdilar"Bu do‘st mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga mushtarak intilishlarning navbatdagi ramzi bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Avvalroq, Si Szinpinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida 15 ta hujjat, shu jumladan, “Yashil” taraqqiyot, raqamli iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga O‘zbekiston Respublikasining "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini topshirgani xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100719 | Инструменты