Huawei 1
Sherzod Asadov Qozog‘istonning "Alash Media Group" xoldingining asoschisi Zaure Kazibayeva bilan uchrashdi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Qozog‘istonning "Alash Media Group" xoldingining asoschisi Zaure Kazibayeva bilan uchrashdi. 

"Bugun Qozog‘istonning "Tengrinews", "Massaget", "Vesti", "Juldыz FM", "Tengri FM" va boshqa ko‘plab yetakchi ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan "Alash Media Group" xoldingining asoschisi va bosh direktori Zaure Kazibayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdik.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda media sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasini batafsil muhokama qildik. Bu qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishi haqida yakdil fikr bildirildi.

Ommaviy axborot vositalarimizga qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda, jumladan, kontent almashish, press-turlar uyushtirish, O‘zbekiston va Qozog‘istonning boy tarixiy va madaniy merosini xalqaro miqyosda ilgari surishda ularga har tomonlama ko‘maklashishga kelishib oldik", deya yozgan Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22517 | Инструменты