25 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘ldi va Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
“Mehmonga majmuaning me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Majmua Pokiston delegatsiyasida chuqur taassurot qoldirdi”, deydi Hidoyatov.
Qayd etish joiz, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan martabali mehmonlarning Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22520 | Инструменты