Huawei 1
2029 yil Yerda vaqt boshqa yillardagidan qisqaroq bo‘lishi mumkin

2029 yilda olimlar Yerning aylanish tezligi oshgani sababli bir soniyani qisqartirishga majbur bo‘ladi. Bu sayyorada birinchi marta sodir bo‘ladigan hodisa. Kaliforniya universitetining San-Diyegodagi professori Dankan Egnyu olib borgan shu haqdagi tadqiqoti “Nature” ilmiy jurnalida chop etildi.

Qayd etilishicha, Yerning aylanish tezligi doimiy o‘zgarib turadi. Bunga sayyora yuzasida va ichki qatlamlarida kechayotgan jarayonlar sabab bo‘ladi. Masalan, zilzilalar va suv toshqinlari Yerning harakatiga ta’sir qiladi. Xususan, yer yadrosining faolligi sayyoraning aylanishini tezlashtiradi.

“Shu bilan birga, qutblarda muzlarning erishi bu jarayonni sekinlashtiradi, chunki suv massasi ekvator tomon siljib, Yerning aylanishini susaytiradi. Agar muzlarning erishi bo‘lmaganda edi, qo‘shimcha soniyani olib tashlash 2026 yilda amalga oshirilgan bo‘lardi”, deyiladi tadqiqotda.

Shu sababli, 2029 yilda olimlar Yerning aylanishi tezlashgani hisobiga xalqaro vaqt tizimidan bir soniyani olib tashlashlari kerak bo‘ladi.

Rossiyaning Fiziko-texnik va radiotexnik o‘lchovlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari ham Yerning aylanish tezligi so‘nggi yillarda g‘ayritabiiy darajada oshayotganini tasdiqlagan. Ularning bildirishicha, ushbu hodisa sabab 2029 yilga borib, xalqaro vaqtdan bir soniya olib tashlash shart bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22519 | Инструменты