"SHHT na harbiy-siyosiy, na iqtisodiy ittifoqdir. Uning kuchli jihati — ishtirokchi davlatlarning tengligi va birligidir" - SHHTning sobiq Bosh kotibi Rashid Alimov

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) yangi xalqaro munosabatlarning shakllanishi sharoitida o‘z salohiyatini oshirmoqda. Bu haqda Tojikiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati Akademiyasi professori, SHHTning sobiq Bosh kotibi Rashid Alimov bayonot berdi.

Alimovning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotning dunyodagi ahamiyati o‘sib bormoqda. Uning nufuzini Samarqand sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlari tarkibi ham tasdiqlaydi.

"SHHT sammiti nafaqat Eronni tashkilotga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi, balki, katta ehtimol bilan, keyingi nomzodni qabul qilish tartibini boshlash masalasini muhokama qilishi kutilmoqda", - dedi Alimov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda tashkilotga a’zo bo‘lishni istagan davlatlarning 10 ga yaqin arizasi "ish stoli”da.

"SHHT na harbiy-siyosiy, na iqtisodiy ittifoqdir. Uning kuchli jihati — ishtirokchi davlatlarning tengligi va birligidir",- deya ta’kidladi ekspert.

Tashkilotning Samarqand sammiti dunyo tinchligi, xalqaro xavfsizlik va butun insoniyat sivilizasiyasining kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, - deb gapini yakunladi ekspert.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121106 | Инструменты