Huawei 1
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Prezidentning farmoyishi bilan Suhrob Tavboyev Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat soliq boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Suhrob Tavboyev tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U 1990 yil Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2013 yilda Guliston davlat universitetini iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Suhrob Tavboyev ish faoliyatini 2013 yilda Mirzaobod tumani soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortish, davlat boji va boshqa daromadlar sho‘basi davlat soliq bosh inspektori lavozimida boshlagan. Suhrob Tavboyev Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41622 | Инструменты