Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Bugungi dasturlar ichida o‘zbekistonlik ikki bokschi — Hasanboy Do‘smatov (-54 kg) hamda Faryozbek Do‘smatov (-54 kg) o‘rtasida chorak final bahsi o‘tishi kerak edi. Ammo Hasanboy ushbu jangga chiqishdan bosh tortdi, sababi u ukasi Faryozbek Do‘stmatovga qarshi jang qilishni istamagan.
Shu tariqa kichik Do‘stmatov musobaqaning yarim final yo‘llanmasiga ega chiqqan. Hasanboy esa musobaqa bilan xayrlashdi.
Ma’lumot uchun, “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turniri 14-20-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston sharafini 19 nafar bokschi himoya qilmoqda. Ularning 13 nafar erkaklar bo‘lsa, 6 nafar ayol bokschilar bor.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41905 | Инструменты