Huawei 1
Tibbiyotni rivojlantirish bo‘yicha  tashabbuslarning ijrosi, eng avvalo, birlamchi bo‘g‘inda so‘zsiz taʼminlanishi shartligi qayd etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Tibbiyotni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda aytilgan katta tashabbuslarning ijrosi joylarda, eng avvalo, birlamchi bo‘g‘inda so‘zsiz taʼminlanishi shartligi qayd etildi.

Har bir vazir, hokim, deputat va senator joylardagi sharoitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsa, qolaversa, o‘zi va oila aʼzolari o‘z hududidagi oilaviy poliklinikaga chiqib, hududiy shifoxonasida davolansa, bu islohotlarning tezroq pastga tushishiga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Mutasaddi rahbarlarga dori-darmon ishlab chiqarish, olib kelish, retseptli dorilarni dorixonada sotish, bu jarayonlarni raqamlashtirish, tibbiyot tizimida mablag‘larni to‘g‘ri ishlatish, raqamlashtirish va sug‘urtani joriy etish, korrupsiyani yo‘qotish, sodda qilib aytganda, odamlarni rozi qilish bo‘yicha islohotlar ijrosi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish topshirildi.

Har bir poliklinika, shifoxona, markazda odamlarni tibbiyotdan rozi qilish, qatʼiy intizom o‘rnatish va madaniyat olib kirish, buning ijrosini muntazam muhokama qilib, rahbarlarning javobgarligini ko‘rib chiqish uchun masʼullar belgilandi.

Yig‘ilish davomida soha va hududlar rahbarlarining hisobotlari va qo‘yilgan vazifalar ijrosini tashkil etish bo‘yicha rejalari tinglandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50806 | Инструменты