Timur Ishmetov Moliya vaziri etib tayinlandi. U 2019 yilning mayidan buyon Moliya vazirining birinchi o'rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Timur Ishmetov Moliya vaziri etib tayinlandi. U 2019 yilning mayidan buyon Moliya vazirining birinchi o'rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Timur Ishmetov 1979 yilda Toshkentda tug'ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutining «Moliya va kredit» fakulteti, 2005 yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yo'nalishida magistratura bosqichini, 2007 yilda -Toshkent yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 2017 yil apreligacha turli lavozimlarda faoliyat ko'rsatgan. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar va Valyuta boshqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qilgan, 2017-2019 yillarda Markaziy bank raisi o'rinbosari bo'lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81705 | Инструменты