Huawei 1
Tizimli ravishda jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaliklarini o‘tkazib borish muhimligi taʼkidlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo'lib o'tmoqda.

Soliq idoralari xodimlari har bir mahallaga biriktirilgani bilan tushumlar keskin oshmagani qayd etildi.

Masalan, minglab korxona hisobotlarida birorta ham xodim yo‘q deb ko‘rsatgan bo‘lsa, yana minglab korxona 2 yoki 1 nafar ishchi ko‘rsatmoqda. Bu soliq idoralari yashirin iqtisodiyot bilan sust ishlayotganidan dalolatligi ko‘rsatib o‘tildi.

Insofli tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i 7 kun ichida qaytarib berilishi belgilangan. Biroq, soliq rahbarlari tadbirkorlarning 487 milliard so‘mlik 2,5 mingga yaqin murojaatini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmagan.

"Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, ichki ishlar va soliq shug‘ullanmaydi", - dedi Prezident.

Ularning o‘rniga endilikda Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli sohalar bilan o‘z kuchi va tizimi bilan shug‘ullanishi belgilandi.

Kambag‘allik, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik bo‘yicha islohotlar har bir insonga yetib boradigan ish tashkil etilmoqda. Endi bu ish uslubi tuman va mahallada jinoyatchilikni jilovlash, korrupsiyani oldini olish bo‘yicha ham joriy qilinadi.

“Nima uchun buni aytyapman? Chunki, jinoyatchilik jilovi mahkam bo‘lgan, xavfsiz joyga investor ko‘proq mablag‘ kiritadi, odamlarimizning ishonchi yana-da ortadi”, - dedi Prezident.

Tizimli ravishda jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaliklarini o‘tkazib borish muhimligi taʼkidlandi.

Parlamentdagi masʼul qo‘mitalar mahallagacha tushib, har bir jinoyatning kelib chiqish sabab va omillarini aniqlab, tuman, viloyat prokurorlari va ichki ishlar boshliqlarini oldiga aniq vazifa qo‘ysa, bu borada yaxshi tajriba bo‘lishi qayd etildi.

Bosh prokuror va ichki ishlar vaziriga har chorakda Milliy kengash oldida, viloyat, tuman prokurorlari va ichki ishlar boshliqlari esa har oyda hududiy kengashlarda hisobot beradi va jamoatchilikka murojaat bilan chiqadi.

“Murojaat deganda, umumiy gaplar kerak emas. Bunda har bir soha va jinoyatchilik turi bo‘yicha oldini olish, omillarini bartaraf etish borasida aniq qiladigan ishlarini aytishi kerak”, - dedi Prezident.

Milliy kengash har oyda tuman va shaharga tushib, o‘z yig‘ilishini bevosita ichki ishlar bo‘limlarida o‘tkazishi maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30602 | Инструменты