Mart oyining dastlabki kunlarida O'zbekistonda havo harorati keskin tushib, tabiiy gaz isteʼmolining ortishi va gaz quvurlarida bosimning pasayishiga sabab boʻldi. Mazkur holatda birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlashga ustuvorlik qaratildi va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.
Oʻtgan kunlar mobaynida olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida quvurlarda gaz bosimi normallashtirildi. Bu esa metan zapravkalar ish faoliyatini tiklash imkonini yaratdi.
Ertaga, 6-mart kuni soat 09:00 dan eʼtiboran metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.
"Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz", deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30609 | Инструменты