Huawei 1
Tojikistonda O'zbekiston parlamenti saylovi bo'yicha ovoz berish jarayoni bo'lib o'tmoqda

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan (Toshkent vaqti bilan 8:00) e'tiboran mamlakatimizning Tojikistondagi elchixonasi huzuridagi saylov uchastkasida O'zbekiston parlamenti saylovida ovoz berish rasman boshlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Ovoz berish jarayoniga O'zbekiston Davlat madhiyasi sadolari ostida start berildi.

Mamlakatimiz fuqarolari birin-ketin saylov uchastkasiga kelishib, o'zlari munosib topgan partiyani yoqlab ovoz bermoqda.

Ovoz berish uchun saylov uchastkasida barcha zarur shart-sharoitlar muhayyo etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102722 | Инструменты